11-sinf oʻquvchilari janjali tan jarohati bilan yakunlandi

23:08 27 Aprel 2025 Jamiyat
180 0

Toshkentda maktab oʻquvchilari janjali tan jarohati bilan yakunlandi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga koʻra, holat shu yilning 21-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan maktablarning birida sodir boʻlgan. Unda 11-“V” sinf oʻquvchisi R.S. hamda shu maktabning 11-“A” sinf oʻquvchisi A.I. janjallashib ketganligi natijasida, A.I. tengdoshiga tan jarohati yetkazgan.

Oʻquvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgach, u shifoxonaga yotqizilgan. Shundan soʻng, oʻquvchilarning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Shukur Burxonov MFY profilaktika inspektori ular bilan tushuntirish ishlarini ham olib borgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер