28-aprel kuni ob-havo qanday boʻlishi maʻlum qilindi

19:35 27 Aprel 2025 Jamiyat
164 0

“Oʻzgidromet” 28-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер