Ishtixonda prokuratura tashabbusi bilan bogʻcha qurildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekqoʻrgʻon mahallasi tuman markazidan 35 kilometr uzoq masofada joylashgan. Aholisi 4200 nafardan ortiq mazkur hududda shu paytgacha birorta davlat bogʻchasi yoʻq edi. Bittagina xususiy bogʻcha faoliyat koʻrsatardi. Bogʻcha yetishmasligi bolalarning vaqtini toʻgʻri tashkil qilish, aholini ish bilan taʼmirlash singari muammolarni keltirib chiqarardi.
Samarqand viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan Ishtixon tumanining eng olis hududlaridan biri Oʻzbekqoʻrgʻon mahallasida 200 oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurib berildi.

Yangi yil bayrami arafasida ushbu mahalla ahli hamda bolajonlarga sovgʻa sifatida foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyati prokuraturasi, tuman hokimligi masʼullari, mahalla faollar ishtirok etdi.
— Mazkur bogʻcha prokuraturaning depozit hisobi, homiylar koʻmagi bilan jami 7 milliard soʻm mablagʻ evaziga qurildi, — deydi viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi Jahongir Umarov. — Ikki qavatli binoda tarbiyalanuvchilar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratilgan. Hovlida oʻyin maydonchalari tashkil qilingan. Viloyat prokuraturasi yordami bilan ushbu bogʻchaning qurilishi koʻp muammolarga yechim boʻldi. Yangi ish oʻrinlari ochildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring