Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi turnirda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi
Foto: Chess.com
Hindistonning Kalkutta shahri mezbonlik qilgan “Tata Steel Chess India” turniri oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov kutilganidek muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi.
Rapid yoʻnalishida 4-oʻrin va blis yoʻnalishida 7-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik shaxmatchi umumiy 2250 AQSH dollari pul mukofotiga ega chiqdi. Albatta, bu shaxmatchi bilan tuziladigan alohida kontraktdan tashqari kafolatlangan miqdor hisoblanadi.
Qayd etish kerakki, oltinchi bor oʻtkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 41 ming 500 AQSH dollarini tashkil etardi. Dastlab rapid bahslarida ajoyib ishtirok etgan Abdusattorov 4-oʻrinni egallagan boʻlsada, barcha raqiblarini qiynab qoʻya oldi.
Umumiy natijalarga koʻra, Magnus Karlsen birinchi oʻrinni oldi va 10 ming dollar pul mukofotiga ega boʻldi. Nodirbek Abdusattorov esa 5 ochko bilan 4-oʻrinni egalladi va 2 ming dollar pul mukofotini qoʻlga kiritdi.
Kecha, 17-noyabr kuni blis bahslari yakunlandi. Bu yoʻnalishida ham Karlsenga teng keladigan shaxmatchi topilmadi. Norvegiyalik shaxmatchi 18 imkoniyatdan 13 ochko toʻplab, musobaqa gʻolibiga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring