Bunday hududlarda bogʻ yaratmaganlar uchun yer soligʻi 3 baravarga oshiriladi
“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu orqali meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash tizimi joriy etilishi belgilab qoʻyildi.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bogʻ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ular oʻrnida intensiv bogʻ va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisida xulosani qabul qiluvchi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli bogʻ va tokzorlar deb xulosa berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida yangi bogʻ yoki tokzorlar barpo etilmagan taqdirda ushbu bogʻ va tokzorlar joylashgan maydonlar uchun yer soligʻi 3 baravarga oshiriladi.
Bundan tashqari, tashabbuskorlar yangi bogʻlarni barpo etishda oʻz ehtiyojlari uchun xorijiy davlatlardan belgilangan roʻyxatdagi payvandtagli mevali koʻchatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona bojlaridan ozod etiladi.
Shuningdek, 2024-yil 1-dekabrdan fermer va dehqon xoʻjaliklarining nufuzini oshirish, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga koʻmaklashishga qaratilgan “meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash” tizimi joriy etiladi.
Agentlik meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi subyektlar, issiqxona xoʻjaliklari hamda Agentlik manfaatlarini koʻzlab sudga kiritilgan daʼvolar va shikoyatlar yuzasidan davlat boji toʻlashdan ozod qilinishi ham aynan shu farmon bilan belgiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring