Hasanboy Doʻsmatov 2, Murodjon Ahmadaliyev esa 3 pogʻona pastladi. Yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgan

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot saytida koʻrish mumkin.
Qayd etilishicha, reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan boʻlib, birgina yurtdoshimiz reyting yetakchisi boʻlib turibdi.
Xabar berilishicha, Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 10-oʻringa joylashgan boʻlsa, Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi — 50,8 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 4-oʻrinni qayd etdi.
Shuningdek, isteʼdodli sportchimiz Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi — 55,3 kg) oʻtgan oydagidan 3 pogʻona pastlab, 8-oʻringa tushib ketdi. Yaqindagina Rossiyada jang oʻtkazgan Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi — 55,3 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 5-oʻringacha koʻtarila oldi.
Shahram Gʻiyosov (yarim-oʻrta vazn toifasi — 66,6 kg) oʻtgan oydagi kabi vazn peshqadami boʻlib qoldi. U soʻnggi oylarda yetakchilikni hech kimga bermayapti.
Reytingdan joy olgan soʻnggi ikki bokschilarimizdan Bektemir Meliqoʻziyev (super-oʻrta vazn — 76,2 kg) oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 11-oʻringa joylashgan boʻlsa, Bahodir Jalolov (super-ogʻir vazn — 90,7 kg) oʻtgan oydagidek 15-oʻrinda qoldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring