Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” qarorni imzoladi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarori (PQ-282-son, 06.08.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Qozogʻiston Hukumatlari oʻrtasida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi. Qayd etish kerakki, ushbu Bitim 2023-yil 9-noyabrda Toshkent shahrida imzolangandi.
Qaror bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Shu tariqa, “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etilib, uning faoliyatini boshqarish “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasiga yuklatiladi.
Shuningdek, ushbu qaror bilan Markaz hududiga sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali sanoat kooperatsiyasi kengaytiriladi.
Markaz hududida faqat Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida realizatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, Qozogʻiston va u orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun Markaz hududiga maxsus nazorat oʻtkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish, 15 kun mobaynida hududda boʻlish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring