Sobiq “elektroset” muhandisi tadbirkorni 7 ming AQSH dollariga chuv tushirmoqchi boʻldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda urgutlik tadbirkorni chuv tushirmoqchi boʻlgan firibgar fosh qilindi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Urgut tumani elektr taʼminoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. (muqaddam sudlangan) “Z.H.” MCHJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MCHJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 ming AQSH dollari talab qilgan.
A.N. buning evaziga alohida elektr tarmogʻini tortib, yangi transformator oʻrnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilgan. Shundan 7 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishga ham erisha olgan.
“Tekshiruv davomida A.N.tomonidan 7 ming AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Surxondaryoda huquqbuzarlarni qoʻlga tushirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring