Vashington shahrida boʻlib oʻtgan anʼanaviy gastronomik festivalda oʻzbek toʻy oshi tayyorlandi
AQSH poytaxtida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Embassy Chef Challenge“ gastronomik festivalida oʻzbek milliy taomlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbir Vashingtonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik missiyalar, madaniy-gumanitar, taʼlim, jamoat tashkilotlari va AQSH biznes doira vakillarini bir maydonga jamladi.
Festival doirasida “Pazandachilik diplomatiyasi oqshomi” mavzusida oʻtkazilgan taomlar namoyishi diplomatik missiyalarga oʻzlarining milliy oshxonalari salohiyatini namoyish etish imkoniyatini berdi.
Mamlakatimiz elchixonasi vakillari Oʻzbekistonning turistik va gastronomik salohiyati, madaniy urf-odatlarmiz va oʻzbek milliy oshxonasining asosiy taomlarini taqdim etishdi.
Oʻzbekiston stendi festival tashkilotchilari va mehmonlarida katta taassurot qoldirdi. Xususan, maxsus tayyorlangan toʻy palovi mehmonlarning alohida qiziqishiga sabab boʻldi. Shuningdek, ishtirokchilar Qoʻqonning mashhur holvalarini tatib koʻrishdi va ular ushbu milliy shirinliklarni sotib olish istaklarini bildirdilar. Mehmonlarga oʻzbek milliy taomlari va Oʻzbekistondagi gastronomik turizm haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir doirasida, shuningdek, oʻzbek xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring