Buyuk Britaniyadagi nufuzli “World Travel Market London – 2023” koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi
Foto: “Dunyo” axborot agentligi
Buyuk Britaniya poytaxtida turizm sohasidagi eng yirik “World Travel Market London – 2023” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Mazkur xalqaro tadbirda Turizm qoʻmitasi, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi, mamlakatimiz elchixonasi va yurtimizning Britaniyadagi turizm brendi Sofi Ibbotson koʻmagida Oʻzbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi.
Koʻrgazmada, shuningdek, “Silk Road Samarkand”, “Orient vouagye”, “Dolores Travel Group”, “International Caravan travel Service” va boshqa milliy sayyohlik kompaniyalari vakillari ham ishtirok etmoqda.
Mamlakatimiz stendida yurtimizning boy sayyohlik salohiyati taqdim tashkil etilyapti. Unda tashrif buyuruvchilar respublikamiz, jumladan uning boy madaniy va tarixiy merosi, qadimiy shaharlari, Samarqanddagi “Abadiy shahar” majmuasi, mehmondoʻstlikning zamonaviy rivojlanishi va yangi infratuzilmalar haqidagi batafsil maʼlumotlar bilan tanishishlari mumkin.
Yangi sayyohlik yoʻnalishlarini ochish maqsadida britaniyalik va xorijiy kompaniyalar bilan “B2B” formatida muzokaralar oʻtkazilmoqda.
“World Travel Market London” — bu turizm sohasidagi eng yirik xalqaro koʻrgazma va yarmarkalardan biri boʻlib, ushbu sohadagi deyarli barcha xizmatlarni oʻz ichiga qamrab oladi.
Koʻrgazma 2009-yildan beri har yili Londonda oʻtkazib kelinadi. 2022-yilda “World Travel Market London”da 180 dan ortiq mamlakatlar, 3500 ga yaqin sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlarning stendlari turizm sohasidagi 30 mingdan ortiq mutaxassislar tomonidan namoyish etilgan.
Oʻzbekiston ushbu xalqaro tadbirda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskvada Oʻzbekistonning madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan koʻrgazma taqdim etilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring