HAMAS isroillik asirlarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollarga almashishni taklif qilmoqda

Foto: Reuters
HAMAS (Gʻazo sektorida hukmronlik qiluvchi Falastin islomiy harakati va siyosiy partiyasi) janglarda asirga olingan isroilliklarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollarga almashtirishni taklif qildi. Bu haqda Turkiyaning “Hurriyet“ gazetasi xabar bermoqda.
HAMAS tomonidan taʼkidlanishicha, almashish taklif qilinayotgan falastinlik mahbuslar jangari emas. Nashrning yozishicha, tashkilot jami besh mingdan ortiq odamni majburiy oʻt ochishni toʻxtatish sharti bilan almashish tashabbusi bilan chiqqan.
Avvalroq HAMAS garovga olingan isroillik ikki bolali ayolni ozod qilgani haqida xabar bergan edi.
Oldinroq, Isroil Mudofaa kuchlari Gʻazo tinch aholisini xavfsizligi uchun janubiy hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirgandi. Shuningdek, tinch aholidan Isroil bilan chegaraga yaqinlashmaslik soʻraldi. BMT maʼlumotlariga koʻra, koʻchirish uchun 24 soat vaqt berilgan. Bu yerda gap 1,1 million falastinlik haqida bormoqda.
Bunga javoban HAMAS Gʻazo sektori shimolidagi aholini uyda qolishga va Isroil rasmiylari olib borayotgan bu psixologik urushga qarshi qatʼiylik koʻrsatishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring