JSST: Vabo kasalligi aniqlangan bemorlar soni ortmoqda

16:32 02 Noyabr 2022 Dunyo
1226 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi bayonotida qayd etilishicha, shu kunlarda Livan davlatida epidemiologik vaziyat yanada murakkablashgan. Bu yerda vaboga chalinganlar soni kun sayin oshmoqda.

Xususan, 5-oktyabrdan buyon mamlakatda mazkur xavfli xastalikka gumonlangan 1,4 mingdan ortiq kishi tegishli tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazildi. Natijada ulardan 400 nafarga yaqinida vabo tasdiqlandi. Shuningdek, bemorlardan 17 nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Ayni paytda xalqaro mutaxassislar epidemiya boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalishidan jiddiy tashvishda. Chunki sentyabr oyida Livanga qoʻshni boʻlgan Suriyada vaboni yuqtirgan bemorlar roʻyxatga olingan edi.

Shu bois JSST epidemiyani jilovlash maqsadida Livanga 600 ming doza vaboga qarshi vaksinalar partiyasini yuborishga qaror qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?