JSST tuzdan foydalanishni majburiy cheklashga chaqirmoqda
JSST tayyor ovqatlar, jumladan, jamoat joylarida sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarida tuzdan foydalanishga majburiy cheklovlar joriy etishga chaqirdi.
Ekspertlar tuzni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish gipertoniya va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishini aytmoqda. Bu kasalliklardan har kuni dunyoda 10 ming kishi vafot etadi. Ular orasida erkaklar ulushi ayollarga qaraganda 2,5-marta koʻp.
Bundan tashqari, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 30 yoshdan 69 yoshgacha boʻlgan yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlish ehtimoli Gʻarbiy Yevropaga qaraganda deyarli 5 baravar yuqori.
Tashkilot mutaxassislari kuniga 5 grammdan koʻp boʻlmagan tuz isteʼmol qilishni tavsiya etadi. JSST hisob-kitoblariga koʻra, tuz isteʼmolini 25 foizga kamaytirish siyosati 2030-yilga borib 900 ming kishining hayotini saqlab qolishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring