Joriy oʻquv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalariga maxsus test oʻtkazilmaydi

14:55 10 Yanvar 2026 Jamiyat
363 0

Illyustrativ foto

2025/2026 oʻquv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra mazkur stipendiyalarga talabgorlar uchun axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillar boʻyicha maxsus test sinovlari joriy etilgani munosabati bilan talabalar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Maʼlum qilinishicha, mazkur qaror bilan Prezident va nomli davlat stipendiyalarini tayinlashning yangi tartibi joriy etilgan boʻlib, ushbu tartib 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab belgilangan talab va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

Joriy oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining oliy taʼlim muassasasi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, hujjatlari belgilangan tartibda respublika bosqichiga yuborilgan talabalarga nisbatan maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi.

Mazkur talabalarning hujjatlari va erishgan natijalari avval belgilangan baholash mezonlari asosida koʻrib chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?