Jizzaxda yangi tajriba

15:05 12 Dekabr 2024 Jamiyat
392 0

Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Jizzax shahrida ilk bor “Shaffof shaharlar” loyihasi amalga oshiriladi. Bu, oʻz navbatida, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlidagi muhim qadamlar sirasiga kiradi. Loyiha “Halol tumanlar” tashabbusi bilan birga, davlat hokimiyati organlarida halollik va shaffoflikni oshirish, korrupsiya xavfini oldindan aniqlash va bartaraf etishni maqsad qilgan.

Uning dastlabki bosqichida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, Buxoro viloyatining Vobkent tumani singari Jizzax shahri ham qamrab olingan boʻlib, bu hududlarda loyiha mexanizmlari tajriba sifatida qoʻllanadi.

Mazkur loyiha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilib, u Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy ekotizimni mustahkamlash” dasturi doirasida ishlab chiqilgan.

Bunda asosiy koʻzda tutilayotgan natija sifatida korrupsiyadan xoli hududlarni shakllantirish, davlat tashkilotlarida axloq va halollikning yuqori standartlarini joriy qilishni koʻrish mumkin. Loyiha natijasiga qarab dastur keyinchalik boshqa tuman va shaharlarga ham tatbiq etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?