Jizzaxda Qoʻriqlash boshqarmasi nazoratchisi pora bilan ushlandi

Jizzax viloyatida Qoʻriqlash boshqarmasining Jizzax shahar boʻlimi nazoratchisi va soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan xodim pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram-kanalida xabar berildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasining Jizzax shahar boʻlimi nazoratchisi taʼlim va maishiy xizmat koʻrsatish sohalariga ixtisoslashgan ikkita MCHJ faoliyatida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi va jarimalarni oʻzining tanishlari yordamida kamaytirib berish evaziga 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, qonunbuzar soliq qarzdorligi va jarimalarni kamaytirib berishni joriy yilning iyun oyiga qadar soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan tanishi orqali hal qilib berishi kerakligi aniqlangan. Mazkur shaxs ham protsessual tartibda qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring