Jizzaxda atmosferani ifloslantirgan korxona rahbari jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanidagi “Mirzachoʻl Agroklaster group” MCHJga qarashli paxta tozalash zavodidan atmosfera havosiga chang chiqayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan oʻrganildi.
Oʻrganish davomida viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan mazkur tadbirkorlik subyektiga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2024-yil 26-yanvar kuni 03/17-6-sonli, 30-yanvar kuni 03/17-9-sonli va 29-mart kuni 01/17-24-sonli ogohlantirish xatlari berilganligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, MCHJ rahbari Н.С.га nisbatan Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 197 prim 6-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy bayonnoma tuzilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudiga yuborilgan.
Sudning 3-1310-2401/36-sonli qaroriga asosan korxona rahbariga BHMning 3 barobari miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring