Jizzax va Andijonda shifoxonaga ishga joylashtirishni vaʼda qilganlar ushlandi
Paxtaobod va Doʻstlik tumanlari tibbiyot birlashmalariga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasining kadrlar boʻlimi nazoratchisi B.X. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Jizzax shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro X.E. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni Doʻstlik tumani tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 21 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring