Jizzax shahrida Prezident maktabi ochildi

11:29 15 Noyabr 2021 Jamiyat
336 0

Jizzax shahrida yangi O‘zbekistonda yangi avlod kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan Prezident maktabi o‘z faoliyatini boshladi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda viloyat hokimligi masʼullari, sektor rahbarlari, Oliy Majlis Senati aʼzolari, mehnat faxriylari, faollar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

-10 ming nafardan ziyod talabgorlar orasidan saralab olingan 144 nafar o‘quvchi taʼlim oladigan mazkur dargohga davlatimiz tomonidan 70 milliard 700 million so‘m mablag‘ sarflandi, - deydi  Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova. – 120 o‘rinli oshxona, 10 mingga yaqin sara kitoblar fondiga ega bo‘lgan kutubxona o‘quvchilar ixtiyorida. Bu yerda o‘quv jarayonlari xalqaro Cambridge Assessment International Education  va mahalliy taʼlim tizimi integratsiyasi asosida olib boriladi.

Shuningdek, maktabda Filippindan 3 nafar, Hindistondan 2 nafar, Xorvatiya, Pokiston, Buyuk Britaniya va Shotlandiyadan 1 nafardan, jami 9 nafar xorijlik malakali o‘qituvchilar jalb etilgan bo‘lib, ular yoshlarga eng ilg‘or texnologiyalarga muvofiq taʼlim berishda ishtirok etadi.

 

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?