JCh-2018. Fransiya keyingi bosqichda, Argentina «jar yoqasida»
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda yana bir-shov-shuvli natija qayd etildi.
C guruhida ishtirok etayotgan Fransiya terma jamoasi bu turda Peru bilan kuch sinashib, jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Faqatgina 34-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan yagona gol «uch ranglilar»ga g‘alaba keltirdi va jamoa ikki o‘yinda 6 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqdi.
Yuqorida eslaganimiz shov-shuvli natija D guruhi uchrashuvida qayd etildi. O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqarib borgan Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda kutilmagan xorvatlar yirik hisobda ustun kelishdi. Ushbu g‘alabadan keyin Yevropa vakili 6 ochko to‘plab, keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo‘lsa, Argentina 2 uchrashuvda bir ochko to‘plab, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini keskin pasaytirib yubordi.
JCh-2018
S guruhi. 2-tur
Fransiya – Peru 1:0 (1:0)
Gol: Mbappe (34).
Fransiya: Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Kante, Pogba (Nzonzi, 89), Mbappe (Dembele, 75), Grizmann (Fekir, 80), Matyuidi, Jiru.
Peru: Galese, Advinkula, Ramos, Rodriges (Santamariya, 46), Trauko, Akino, Yotun (Farfan, 46), Karrilo, Kueva (Ruidias, 82), Flores, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (16), Gerrero (23), Akino (81), Pogba (86).
D guruhi. 2-tur
Argentina – Xorvatiya 0:3 (0:0)
Gollar: Rebich (53), Modrich (80), Rakitich (90+1).
Argentina: Kabalero, Merkado, Otamendi, Talyafiko, Salvio (Pavon, 56), Peres (Dibala, 68), Maskerano, Akunya, Messi, Mesa, Aguero (Iguain, 54).
Xorvatiya: Subashich, Vrsalko, Lovren, Vida, Strinich, Brozovich, Rebich (Kramarich, 57), Modrich, Rakitich, Perishich (Kovachich, 82), Mandjukich (Chorluka, 90).
Ogohlantirishlar: Rebich (39), Merkado (51), Mandjukich (58), Vrsalko (67), Otamendi (85), Akunya (87), Chorluka (90).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Andijon viloyati hokimi 15 yoshli qizni zoʻrlagani toʻgʻrisidagi xabarlarga izoh berildi
- Istanbul aeroportida tanasiga 6 kg oltin yashirgan oʻzbekistonlik ayollar ushlandi
- Shoirning ayoli boʻlish sharaf
- Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi boʻlgan ikki bolani tok urdi
- “Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
- Saraton rivojlanishi xavfini oshiradigan uchta xavfli odat maʼlum qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring