“Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini boshlandi
Navoiy garnizonidagi harbiy qismda "Navoiy viloyatidagi uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur loyiha yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytirish, ularni sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirish hamda harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Oʻquv yigʻinida Navoiy viloyatining turli hududlaridan kelgan yoshlar ishtirok etmoqda.

— Dastur doirasida ishtirokchilarga harbiy tayyorgarlik asoslari, yurtimiz Qurolli Kuchlari faoliyati, fuqarolik va vatanparvarlik burchlari yuzasidan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi, — deydi Navoiy viloyati hokimi maslahatchisi Xalil Yusupov. — Albatta, ushbu tadbirlar turli hududlardan kelgan uyushmagan yoshlarning maʼnaviy va jismoniy uygʻunlikda ulgʻayishida muhim oʻrin tutadi.
Tadbir doirasida harbiylar, nuroniylar va yoshlar yetakchilari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar, sport musobaqalari hamda madaniy tadbirlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring