Janubiy Koreya Qarshida oʻz zavodlarini ochadi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda Qashqadaryo viloyatida Janubiy Koreya kapitali ishtirokidagi loyihalar soni ortib bormoqda. Koreyalik tadbirkorlar shu paytgacha vohada asosan zamonaviy issiqxonalarni qurish, tomchilatib sugʻorish tizimlarini yoʻlga qoʻyish hamda taʼlim sohalariga koʻproq sarmoya kiritgan boʻlsa, endilikda ularda sanoat yoʻnalishidagi loyihalarni yoʻlga qoʻyishga ham qiziqish ortmoqda.
Janubiy Koreyaning “Jahon kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va boshqarish assotsiatsiyasi” bosh kotibi Rheye Sung boshchiligidagi bir guruh koreyalik sarmoyadorlar shu maqsadda Qarshi shahrida boʻlib, bu yerda tibbiyot, sanoat va uy xoʻjaliklari uchun rezina qoʻlqoplar, turli kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib bordi.

— Bugun yurtingiz investitsion jihatdan dunyoning eng jozibador mamlakatlaridan biriga aylanib bormoqda, — deydi Rheye Sung. — Koreyalik tadbirkorlar bu yerda yangi-yangi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor. Delegatsiyamizning tashrifdan maqsadi ham Qarshi shahrida hamkorlikda qator ishlab chiqarish loyihalarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.
Shu kuni delegatsiya aʼzolari Qarshi shahridagi bir qator xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, viloyat markazidagi “Qavali“ va “Buyuk Turon“ kichik sanoat zonalarida boʻlib, bu yerdagi boʻsh turgan binolarda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini koʻrib chiqdi. Hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha qator kelishuvlar imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring