Janubiy Afrikada koronavirusning yangi varianti aniqlandi

10:58 09 Yanvar 2023 Dunyo
1375 0

Foto: Interfaks

Janubiy Afrika virusologi Tulio de Oliveyra XBB.1.5 omikron shtammining yangi subvarianti topilganini maʼlum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, virusning yangi nomi “Kraken” deb nomlanadi. Olimlar ushbu mutatsiyaning xavflilik va yuqumlilik darajasini oʻrganmoqda.

Maʼlumot uchun, Tulio de Oliveyra oʻz jamoasi bilan 2020-yilda “Beta” va 2021-yilda “omikron” shtammini aniqlab, jahon miqyosida shuhrat qozongandi.

— Men Janubiy Afrikada kasalxonaga yotqizilgan infeksiyalarning katta toʻlqinini kutmayman: bizda “omikron” ning oldingi toʻlqinlaridan aholi immunitetining kuchli darajasi bor, — deb yozadi virusolog.

Eslatib oʻtamiz, Janubiy Afrikada Omicron shtammi bilan kasallanishning birinchi holati 2021-yilda aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер