Zaynab Dayibekova – Osiyo chempioni!
Foto: MOQ
Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasida sablya yo‘nalishida kechgan bahslarda hamyurtimiz Zaynab Dayibekova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Pley-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan Dayibekova saralashda Vyetnam, Xitoy, Avstraliya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu qoraqalpog‘istonlik sportchimizning kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medali bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring