Yuksak hamdoʻstlik ifodasi
Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.
Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan, madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi hamkorlik hamda oʻzaro hamdoʻstlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini bildirib, Xorazmni, Xivani oʻz yurtimday sevib qoldim deya eʼtirof etdi.

Ochilish marosimidan soʻng, ishtirokchilar oʻrtasida savol-javoblar tariqasida viktorina oʻtkazilib, gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Koreya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Mening kuchukcham Runi” nomli film namoyishi barchaga manzur boʻldi.
Kinofestivalda xorijlik sayyohlar ham ishtirok etib unutilmas taassurotlar oldi.

— Bizning sayohatimiz aynan festivalga toʻgʻri kelgani ayni muddao boʻldi, — deydi belgiyalik mehmon Alis. — Tarixiy manzaralarni, muzeylarni koʻrib hayratlanish barobarida kinofestivalda ham ishtirok etganimizdan xursandmiz. Mehmondoʻstlik va unutilmas xotiralar uchun rahmat!
Yakunda tadbirda ishtirok etgan faol tomoshabinlarga ham esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Barchaga birdek manzur boʻlgan ushbu festival davlatlar va millatlarimiz oʻrtasidagi mustahkam hamdoʻstlik ifodasiga aylandi, desak, mubolagʻa emas.
Otabek ISMOILOV,
jurnalist.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring