Yuksak eʼtirof muborak boʻlsin!
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni — “Hosil bayrami” keng nishonlanadi.
Surxon vohasida bu yilgi bayram viloyat markazida joylashgan “Grand Almaz” tantanalar saroyida oʻtkazildi. Surxondaryoda har bir qarich yerdan, har bir tomchi suvdan unumli foydalanib, oʻziga xos tajriba yaratgan insonlar yashaydi. Buni joriy yilda vohalik mirishkorlar tomonidan 800 ming tonna gʻalla, 275 ming tonna paxta, 2 ming tonna pilla, 1 million 600 ming tonna sabzavot va poliz, 273 ming tonna meva va uzum hamda 370 ming tonna kartoshka yetishtirilganidan ham bilsa boʻladi.
Tadbir doirasida bir guruh fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalariga “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi”, davlat xizmatchilari va qishloq xoʻjaligi xodimlariga sohani rivojlantirishdagi hissasi uchun “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi”, “Suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovga Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni berildi.
Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar toʻkin dasturxon atrofida yigʻilgan tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bagʻishladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring