Yozyovonda faxriylariga yubiley medallari topshirildi

13:27 08 May 2025 Jamiyat
127 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining joriy yil 25-fevral kungi Farmoniga asosan, 9-may – Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligini munosib nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi belgilangandi. Vatan himoyasi yoʻlida mardonavor kurashgan, gʻalabaga bebaho hissa qoʻshgan Oʻzbekiston fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sharaflash maqsadida “Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80-yilligi” esdalik yubiley medali taʼsis etilgandi.

Ezgu tashabbus doirasida Yozyovon tumanida 19 nafar front orti faxriylari boʻlgan otaxon-onaxonlarga ana shu esdalik yubiley medali tantanali ravishda topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirlarda tuman hokimligi, mudofaa ishlari boʻlimi masʼullari, nuroniylar, mahalla va yoshlar faollari ishtirok etib, fayzli xonadon sohiblari bilan dildan suhbatlashdi.

— Bolaligimiz urush yillariga toʻgʻri kelib, tinimsiz mehnat, hayot qiyinchiliklarida toblandik, — deydi Saydali ota Rahimov. — Shu bois yoshlar bugungi tinch va farovon hayot, dorilamon kunlarning qadriga yetishi kerak.

Biz faxriylar yurtimizga tinchlik-omonlik, Prezidentimizga uzoq umr tilab hamisha duodamiz. El-u yurt ardogʻida yashash baxti umrimizga umr qoʻshadi. Bunday eʼtibor va ragʻbatdan behad minnatdormiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер