Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.
Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.
Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini – moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi “Besoft Export” MCHJning bir sexi Yozyovonga olib kelindi. Navbahor qishlogʻida ish boshlashi uchun barcha sharoit yaratib berildi..

— Shu tariqa tadbirkor fermer xoʻjaliklari bilan gʻalladan boʻshagan 2450 gektar maydonda maxsulot yetishtirish boʻyicha shartnomalar tuzib, mosh urugʻi yetkazib berdi, — deydi Yozyovon tumani hokimi oʻrinbosari Mirzoanvar Pirmatov. — Ayni kunlarda MCHJ mutaxassislari tomonidan hosilni yigʻib olish ishlari tashkil etilib, 1 kg mosh uchun 11 soʻmdan pul toʻlanmoqda.
Oʻzaro kelishuv asosida tumanda yetishtirilgan mosh Xitoyga eksport qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring