“Yoz mavzusi”: Oʻzbekistonga jahondan qancha konditsioner import qilingan?
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-may oylarida qiymati 37 million AQSH dollariga teng boʻlgan jami 138 ming 933 dona konditsioner import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import qilingan konditsionerlarning asosiy qismi Xitoydan yetkazib berilgan.
Xususan, 132 ming 657 dona konditsioner aynan Xitoydan olib kelingan. Qozogʻistondan 3 362 ta, Turkiyadan 1 544 ta, Italiyadan 295 ta va Koreya Respublikasidan 265 ta konditsioner keltirilgan. Shuningdek, boshqa davlatlardan jami 810 ta konditsioner import qilingan.
Mamlakatga olib kirilgan konditsionerlar hajmi, asosan, hududlarda yuzaga kelayotgan talab va isteʼmolning ortishi bilan izohlanmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmidagi import koʻrsatkichlari aholining yoz faslida sovitish qurilmalariga ehtiyoji yuqori ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring