Yoshlarni maʼnaviy tahdidlardan asraylik
Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy hamda profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligi S. Boymurodov, ichki ishlar organlari xodimlari, universitet masʼullari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlarda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, yot gʻoyalardan asrash, inson qadri va huquqlarining ustuvorligini taʼminlash masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Jamiyat taraqqiyotida inson omili va uning qadriyatlarini yuksaltirish, yoshlarni turli yot gʻoyalar, zararli axborot oqimlari va maʼnaviy tahdidlardan asrash haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Sanjar Shomurodov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring