Yoshlarga eng yaxshi loyihalar uchun 49 million soʻmgacha grant mablagʻlari beriladi — Prezident farmoni
“Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yana-da oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–6260-son, 13.07.2021-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan 2021-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022-yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.
2021-yil 1-oktyabrdan yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap gʻoyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan gʻolibga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi.
Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha grant mablagʻlari beriladi.
2021/2022 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional va OTMlarda axborot texnologiyalari darslari Kembrij dasturi asosida oʻtkaziladi.
2021-yil 1-sentyabrdan Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi 5 yilda gʻolib va sovrindor (1-3 oʻrin) boʻlgan, shuningdek, olis va chekka hududlarda ishlayotgan sportchi-trenerlarga:
— sport toʻgaraklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda boʻsh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar oʻtkazmagan holda, ushbu obyektga nisbatan belgilangan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;
— sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratiladi;
— kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shugʻullanishini tashkil etgan taqdirda BHMning 10 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda har oylik toʻlov joriy etiladi.
2021-yil 1-oktyabrdan har yili “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi tashkil etiladi.
Tanlovda gʻolib deb topilgan mualliflarga:
➖ birinchi oʻrin uchun – 100 million soʻm;
➖ ikkinchi oʻrin uchun – 75 million soʻm;
➖ uchinchi oʻrin uchun – 50 million soʻm mukofot mablagʻlari ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring