Yoshlar va parlament: talabalar Senat faoliyati bilan tanishdilar
Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga Senatning faoliyati, parlament yuqori palatasining asosiy vakolatlari hamda qonun ijodkorligi jarayoni haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, Senatda koʻrib chiqilayotgan qonunlar va ularning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Taʼkidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning parlament faoliyatiga qiziqishini oshirish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini kengaytirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda talabalar oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring