Yoshlar markazi ish boshladi
Fargʻona shahrida zamonaviy mezonlar asosida qurib bitkazilgan Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi.
Aytish joiz, Fargʻona shahar yoshlarining saʼy-harakati, faolligi va hamjihatligi tufayli ezgu maqsad ijobati yoʻlida “Tashabbusli byudjet”da ikki marotaba gʻoliblik qoʻlga kiritildi. Natijada 2 milliard 600 million soʻm mablagʻ hisobiga ushbu markaz bunyod etildi.
— Bu maskanda IT, xorijiy tillar, robototexnika kabi 8 ta yoʻnalish boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona shahar boʻlimi boshligʻi Ahadjon Akramov. — Shuningdek, yangi avlod vakillarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida shaxmat toʻgaragi, fitnes klub, kibersport va kinozal faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Umuman olganda, markazda bir kunda 600 nafardan ziyod yoshlar maʼnan va jismonan yetuklik mashgʻulotlarida qatnashishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring