Yoshlar ishlari agentligi Hukumat boʻysunuviga oʻtkazildi

13:31 22 Yanvar 2024 Hujjatlar
449 0

“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–18-son, 20.01.2024-y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishliligi boʻyicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Shuningdek:

— tegishincha Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi byudjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini toʻliq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan byudjetdan tashqari jamgʻarma sifatida faoliyat yuritadi;

— sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilmalar, sport obyektlari va inshootlarining loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер