Yoshlar g‘oyalarini amalga oshirish uchun grant

15:05 24 Aprel 2025 Jamiyat
168 0

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha global tashabbus — UPSHIFT dasturining ikkinchi bosqichi, UNICEFning Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi Xalqaro inklyuziv markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning yakuniy tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha intensiv treningdan o‘tgan o‘nta jamoa orasidan, xolis hakamlar hay’ati oltita eng yaxshi tashabbusli loyihani tanlab oldi.

Garchi, dastlabki rejaga beshta loyihani taqdirlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, hakamlar hay’ati g‘oyalari dolzarbligi va yaxshi ishlab chiqilganligi bilan ajralib turgan oltita jamoaning loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

Har bir jamoa o‘z loyihalarini ishga tushirish uchun 1000 AQSH dollari (milliy valyuta ekvivalentida) miqdorida grantni qo‘lga kiritib, UNICEF tomonidan murabbiylik yordamini oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер