Yoshlar bilan suhbat
Fikrlarimga bejiiz bunday sarlavha tanlamadim. Boisi, Oliy va oʻrta -maxsus taʼlim vazirligi tomonidan yaqindagina faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “Zamonaviy taʼlim” telegramm botini aynan shunday nom bilan atagim keldi.
Bugun yoshlar masalasiga mamlakat siyosatining gʻoyat muhim va asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Gʻamxoʻrlik va eʼtibor esa oʻsib kelayotgan yosh avlod maqsad-muddaolarining roʻyobi misolida oʻz ifodasini topmoqda.
Bugun xalqimizning, jumladan, talaba-yoshlarning taklif-mulohazalari, muammolari va murojaatlari muhokamalar markazida. Har bir rahbar, har bir tashkilotlar yoshlarning fikrlarini tinglashdan, ularning muammolariga yechim izlashdan qochayotganligi yoʻq. Asosiysi, yoshlar va rahbarlar yaqinlashuvi taʼminlamoqda. Murojaatlarni oʻrganish va ularni ijobiy hal etishning yangidan-yangi mexanizmlari hayotga joriy etilmoqda.
Yaqindagina Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri ishtirokida“Vazir va yoshlar ” loyihasi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda talabalar qatorida men ham ishtirok etdim va aynan vazirlik bilan doimiy muloqotni taʼminlovchi bot faoliyati haqida taklifimni bayon etgan edim.
Hurmatli vazir boshqa takliflar qatorida tashabbusimni yon daftariga qayd etib olgan edi.
Uchrashuvdan bir kun oʻtib, bot haqida xabar topdim.Bu, eng avvalo,mamlakatda islohotlar va yaratuvchanlik silsilasida yoshlar oʻrni nechogʻlik katta ahamiyat kasb etishini koʻrsatib turibdi.Har bir fikr, taklif eʼtibordan chetda emasligining ayni haqiqati hamdir.
Shu oʻrinda yana bir mulohaza.Yoshlar muammolarini hal etish va ularga taʼlim olishlari borasida qoʻshimcha qulayliklar yaratish, murojaatlarni qisqa vaqt ichida oʻrganib chiqish haqida gap ketar ekan, ushbu fikrlarni oʻzim tahsil olayotgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Rektor bilan muloqot” telegram boti bilan dalillamoqchiman.
Toʻgʻridan-toʻgʻri rektorimizga yetib borayotgan muammolar, takliflar, fikr-mulohazalar atroflicha oʻrganilishi natijasida talabalar oʻrtasidagi muammolarga yechim topildi. Shu bilan birgalikda rektor va yoshlar oʻrtasidagi samimiy muloqot jarayonida ilm-fan taraqqiyotiga asos boʻluvchi fikrlar, tashabbuslar ham borligi ahamiyatli.Muhimi, talabalarning orzu-maqsadlari ushalishiga boʻlgan ishonchi ortmoqda. Vatan mehri degan tuygʻuni qalban his qilayotganligi ham bor gap.
Bunday tashabbuslarni “Xalq bilan boʻl, xalq ichinda boʻl” degan ezgu va xalqparvar daʼvatning bir koʻrinishi sifatida ham baholash mumkin.
Mavzuni yana yaqindagina ishga tushgan “Zamonaviy taʼlim” telegram-boti haqidagi mulohazalarimiz bilan davom ettirsak.
Bu borada tengdoshlarim mamnunlik bilan oʻz fikrlarini birma-bir bayon etadi.
Turli savollar, muammolar bilan botga murojaat qilgan yoshlarga qisqa vaqt ichida javob berilayotganligi ortiqcha sarson-sargardonlikning oldini olishga xizmat qilayotganligini taʼkidlashmoqda.
Eng diqqatga sazovor tomoni esa ishga tushganligiga qisqa vaqt boʻlgan ushbu bot talaba-yoshlarning ishonchini qozona oldi.
Bot orqali talabalar oʻz majburiyatlari va huquqlari borasidagi bilimlarini mustahkamlab borishyapti. Muhimi, muammolar bartaraf etilmoqda, kamchiliklar toʻldirilmoqda.
Holat yuzasidan aytishga arzigulik soʻzni kitoblardan izlayman va xayolni band etgan voqealiklar Zahiriddin Boburni yod etish bilan bilan yakun topadi.
“Boburnoma” da oʻqigan edim, insonning umri toʻrt jihat bilan abadiyatga daxldor ekan. Barpo etgan bogʻlari, yaratgan imoratlari, yozgan yaxshi kitoblariyu tarbiyalagan komil farzandlari bilan.
Eng oxirgi toʻrtinchi jihat-komil farzand tarbiyalashning bosh omili esa doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik deyiladi.
Shu oʻrinda “Boburnoma” dagi ushbu fikrlarga hamohang boshqa bir ajdodimiz kitobidan joy olgan hikmatnamo soʻzlarni eslab oʻtish orqali fikrlarimga xulosa qilmoqchiman…
“Buyuk istiqbol, yorqin kelajak elning, davlatning farzandlariga boʻlgan mehri va muhabbati ila bunyod boʻlajak. Qalbida yurtining mehri va ardogʻidan tugʻyon urayotgan faxr tuygʻusi bor har bir oʻgʻil-qiz ana shu buyuk kelajakning ulkan ustunlaridir…Yurt farzandlariga gʻamxoʻrlik birinchi navbatda katta maqsadlarga chorlovdir…”
Sohibjon HOTAMOV,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti adabiyotshunoslik yoʻnalishi 1 -bosqich magistranti
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring