Yoshlar bilan dildan muloqot
Chust tumanidagi Madaniyat saroyida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi. Unda mingga yaqin yigit-qizlar ishtirok etib, iqtidorlar oʻrtasida rasmlar tanlovi, kitobxonlik musobaqalari, hunarmandchilik koʻrgazmasi oʻtkazildi. Koʻrgazmada bir qator imkoniyati cheklangan yoshlar ham oʻz qoʻl mehnatlari bilan yaratgan buyumlarini namoyishga qoʻydilar. Bundan tashqari otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvda ularning muammo va takliflari tinglandi. Ayni jarayonda farzandlarimiz bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

- “Yoshlar kuni” doirasidagi bunday tadbirlar Namanganning barcha tuman va shaharlarida koʻtarinki ruhda uyushtirildi, -deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Husanboy Poshshaxonov. – Ularning aksariyatida “Turon” maktab teatri respublika tanlovining hududiy bosqichi ham nihoyasiga yetkazilib, keyingi bosqich ishtirokchilari saralandi.
Aytish lozimki, har hafta payshanbasida oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan “Yoshlar kuni” tadbirlari kelajagimiz egalarining bugungi va ertangi turmushini namunali yoʻlga qoʻyish, ular bilan dildan muloqotda boʻlib, muammo va tashvishlariga amaliy koʻmak berishi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring