Yosh bojxonachilar — «G‘alaba bog‘i»da!
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Yosh bojxonachi” to‘garagi a’zolari uchun “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat tashkil etildi.
O‘quvchilar ushbu muazzam hududda joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan yurtdoshlarimizning qahramonligi to‘g‘risida hamda o‘sha davr ruhini to‘liq his etishga imkon beruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.
Muzeyda o‘quvchilarga shuningdek, bojxona xodimlarining urush yillarida Vatan himoyasi yo‘lida ko‘rsatgan mardlik va jasorati to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.
“Shon-sharaf” muzeyi bilan tanishuv yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Robiya BAXTIYOROVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring