Yondosh kasalligi boʻlgan bemor koronavirusdan uy sharoitida davolanishi mumkinmi?

Ushbu savolga Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Ulugʻbek QAYUMOV javob berdi:
— Maʼlumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash boʻyicha 8-versiya standartlari ishlab chiqilgan boʻlib, bemorlar uy sharoitida ham ana shu standartlarga rioya qilgan holda davolanishlari maqsadga muvofiq, — deydi U.QAYUMOV. — Shu maʼnoda aytsak, agar yondosh kasalligi boʻlgan bemorning tana harorati 38 darajadan oshmasa va isitma koʻtarilishi surunkali davom etmasa, shuningdek, nafas olishi, yurak urishi bir meʼyorda boʻlsa, bunday hollarda koronavirusdan uy sharoitida davolanish mumkin boʻladi.
Biroq qandli diabetga chalingan bemorning qonida qand miqdorining oshishi yoki tushib ketishi kuzatilsa, ular albatta statsionar sharoitda davolanishi lozim.
Qon bosimi meʼyordan oshib yoki tushib ketganda ham shifoxonaga yotish kerak boʻladi.
Agar koronavirusga chalingan bemorning qandli diabet xastaligi boʻlsa-yu, qonda qand miqdori meʼyorda tursa, bunday kasallar uyda davolanishlari mumkin.
Shuni bilish kerakki, hozirda shifoxonaga ogʻir ahvolda murojaat qilayotganlarning aksariyati uyda oʻzboshimchalik bilan davolangan bemorlardir. Yaʼni, ular kasallikni davolash uchun oʻz vaqtida toʻgʻri muolaja qilmagan. Shu bois, odamlardan turli davo usullarini eshitib, davolanish toʻgʻri emas.
Uy sharoitida davolanganda albatta shifokor nazoratida boʻlish zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring