Yigʻilishda yaqin yigirma yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilayotgani taʼkidlandi
Suv tejovchi texnologiyalar kengaytirilmoqda, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.
Surxondaryoda 80 foiz yerlar nasos orqali sugʻoriladi. Biroq 52 ta nasosning xizmat muddati 40 yildan oshgan.
Oqibatda, suv tannarxi 2 barobar qimmatga tushayapti, yiliga 20 million kilovatt soat elektr behuda sarflanayapti, yana 20 ming gektarda suv taʼminoti yomonlashgan.
Shuningdek, 1 ming 700 kilometr sugʻorish tarmogʻining yarmi tuproq oʻzanli boʻlgani uchun 35 foiz suv yoʻqotilayapti.
“Suv – tekin emas”, degan gʻoyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa boʻlishi lozim", - dedi Prezident.
Mutasaddilarga 47 ta kanalni betonlash boʻyicha ikki yillik dastur ishlab chiqish, suv yoʻqotilishi koʻp boʻlgan 6 ta kanalni taʼmirlash, kelgusi yilda “Sherobod magistral” kanalini taʼmirlashga 60 million dollar jalb etib, 90 ming gektar yerlarni tiklash boʻyicha topshiriq berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring