Yashnoboddagi YTHda “Cobalt” yonib ketdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidagi yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Cobalt” rusumli avtomobil yonib ketgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 1-yanvar kuni soat 01:59 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Mahtumquli koʻchasida 85/1-uy qarshisida ikki avtomobil yoʻl transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur toʻqnashuv natijasida cobalt avtomobili yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 02:08 da yetib borib, yongʻin soat 02:14 da toʻliq oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring