Yashillik xonadonlardan boshlanadi
Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyati Baliqchi tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1 ming 471 ta ehtiyojmand oilaga salkam 15 ming tup koʻchatlar bepul tarqatilmoqda.
— Hududlarni koʻkalamzorlashtirish xonadonlardan boshlanishi kerak, — deydi Baliqchi tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Muzaffarbek Karimov. — Shu bois har bir oilada mevali daraxtlarning parvarishlanishi maqsadga muvofiqdir. Tan olish kerak, bu borada hammada imkoniyat yetarli emas. Shu bois salkam bir yarim mingta xonadonda mevali daraxtlar koʻchatlari ekishga zarurat va ehtiyoj borligi aniqlanib, ularga amaliy yordam koʻrsatilmoqda. Hozirga qadar 6 ming tup koʻchatlar yetkazilib, hasharchilar yordamida ekib berildi.
Aytish joiz, tumanda ortda qolgan davr mobaniyda manzarali daraxt koʻchatlaridan tashqari 1 million tup mevali daraxtlar koʻchatlari ekildi. Shuningdek, dalalar chetiga 300 ming tup tut koʻchatlari oʻtqazildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumi davomida bu koʻrsatkichlar kun sayin ortmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring