Yangilanayotgan Konstitutsiya — yoshlar nigohida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan — Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitalari, shuningdek, Yoshlar parlamenti hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Yangilanayotgan Konstitutsiya — yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati boshlandi.
Unda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar faol yoshlar, xususan Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirokida muhokama qilinyapti.
Taʼkidlanganidek, oʻtgan vaqt mobaynida Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitalari tomonidan Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi ustida qizgʻin ish olib borildi. Bunda asosiy eʼtibor umumxalq muhokamasi, konstitutsionalizm sohasida yetuk olimlar, jamoatchilik, xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokidagi muhokamalarda berilgan takliflarni har tomonlama tahlil qilishga hamda eng dolzarb takliflarni loyihada aks ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bugunga qadar 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ularning 60 foizdan ortigʻi bevosita yoshlar tomonidan berilgan. Shuning uchun ham Yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga oid qator normalar, hatto bitta alohida bob “Oila, bolalar va yoshlar” masalasiga bagʻishlandi.
Yigʻilishda qayd etilganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan ilk marotaba uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojini taʼminlash davlatning vazifalari qatoridan joy olmoqda. Mazkur qoidalarning Konstitutsiya darajasida belgilanishi, bolalar bogʻchasidan tortib, toki universitetlargacha, barcha taʼlim tashkilotlarini ular davlatniki yoki xususiy ekanligidan qatʼiy nazar, rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring