Yangi Sergeli koʻchasidagi tirbandlik ikki baravarga qisqaradi

Bugun Choʻponota koʻchasidan Toshkent halqa yoʻligacha qurilgan 2 kilometrlik trassa harakatlanish uchun ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maʼlum qilmoqda.
Sergeli bilan Yakkasaroy tumanini bogʻlaydigan qoʻshimcha yoʻl loyihasi ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Choʻponota koʻchasidan Toshkent halqa yoʻligacha qariyb 2 kilometrlik trassa qurib bitkazildi. Uning Kichik halqa yoʻli ustidan oʻtgan qismida 788 metrlik koʻprik va Toshkent halqa yoʻliga tutashgan joyida ikkita 207 metrlik yoʻl oʻtkazgich barpo etilgan.
Mazkur yangi koʻcha Toshkentning eng yirik transport arteriyalari – kichik va katta halqa yoʻllari bilan kesishadi. Transportlarning yangi koʻprikka chiqishi ham, undan tushishi qulay, hech qanday svetofor yoki qayrilib olishsiz, boshqalarga xalaqit bermagan holda, keyingi yoʻnalishga qoʻshilib ketish mumkin.
Ayni paytda loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida jadal ish olib borilmoqda. Toshkent halqa yoʻlidan Qipchoq koʻchasigacha boʻlgan 4 kilometrdan ziyod yoʻl qurilmoqda.
6 qatorli mazkur yoʻl va koʻpriklar soatiga 12 mingtagacha avtotransportni oʻtkazish quvvatiga ega boʻladi. Shu tariqa, Sergeli tumanidan shahar markaziga yetib borish vaqti oldingi 40-50 daqiqa oʻrniga 20 daqiqani tashkil qiladi. Yangi Sergeli koʻchasidagi tirbandlik ikki baravarga qisqaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring