Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik qanday?

10:49 28 Avgust 2025 Jamiyat
119 0

Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur uyushtirildi. Unda jurnalistlar Karmana tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida 2025-2026-oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, tizimning joriy oʻquv yili oldi yangiliklari va loyihalari bilan tanishdi.

Mutasaddilar yoʻl-yoʻlakay hudud oʻquvchilarining yutuqlari, ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda erishilgan natijalar, kelgusidagi oʻquv rejalari, belgilangan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berishdi.

— Viloyatimizda taʼlim muassasalarining infratuzilmasini yaxshilash, oʻquvchilarga barcha qulayliklarga ega shart-sharoitlar yaratish maqsadida jihozlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 278,84 milliard soʻm respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari yoʻnaltirildi, — deydi Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Nurali Hoshimov. — Natijada yangi oʻquv yili oldidan 5 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan barpo etilib, 6 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti rekonstruksiya qilindi. Boshqacharoq aytsak, 1050 ta tarbiyalanuvchi oʻrni yaratildi.

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Karmana tumani boʻlimi masʼullari tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasi va 2025-2026-oʻquv yilida amalga oshirilishi lozim boʻlgan rejalar haqida atroflicha axborot berdi.

Anjumanda boshqarma mutasaddilarining taʼkidlashicha, 2025-2026-oʻquv yilida ham taʼlim muassasalarida olib borilayotgan ishlar davom ettirilib, joriy yil yakuniga qadar 20 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va 49 ta umumtaʼlim maktablarida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Natijada davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida 890 ta bola oʻrni va umumtaʼlim maktablarida 4 ming 858 ta oʻquvchi oʻrni yangidan yaratiladi

Anjuman soʻngida taʼlim tizimi masʼullari ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.

Temur ESHBOYEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер