Yangi oʻquv yiliga sovgʻa
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Xorazm viloyatidagi 61 ta umumtaʼlim maktabiga kompyuter jamlanmalari, koʻp funksiyali printer va kondensionerlar yetkazib berildi. Kompyuter vositalari maʼnan va jismonan eskirgan umumtaʼlim maktablari uchun moʻljallangan zamonaviy jihozlar yangi oʻquv yili oldidan yoshlarga munosib sovgʻa boʻldi.

Endilikda ushbu maktablarda taʼlim oladigan oʻquvchilar raqamli texnologiyalar va IT asoslarini yanada mukammal oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

— Umumtaʼlim maktablarining bosqichma-bosqich eng zamonaviy kompyuter vositalari bilan taʼminlanayotgani yoshlarimizning IT sohasida yuqori natijalarga erishishida muhim omil boʻlmoqda, — deydi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Hamro Bektemirov. — Bugungi kunda viloyatimizda yoʻlga qoʻyilgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida 4 ming nafar 7-11-sinf oʻquvchilari IT sirlarini chuqur oʻrganmoqda. Maktablarga yetkazib berilgan yangi kompyuter jihozlari mazkur loyihaning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bir soʻz bilan aytganda, yaqin kelajakda IT sohasi oʻnlik sanoq sistemasi va algoritm Vatani boʻlgan yangi Xorazmning “tashrif qogʻozi”ga aylanadi.

Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring