Yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi

15:55 05 Noyabr 2024 Jamiyat
174 0

Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 24 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatadigan oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi.

— Saxovatpesha insonlar tomonidan zamonaviy koʻrinish kasb etgan yangi oilaviy poliklinika qisqa muddatda barpo etildi, — deydi poliklinika mudiri Muyassar Adilova. — Aholi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Jumladan, fizioterapiya, ultra tovushli tekshiruv apparatlari, yangi mebel jihozlari keltirildi.

Yangi oilaviy poliklinikaning ish boshlashi bilan hududda tibbiy xizmat koʻrsatish sifati yanada yuksaladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер