Yangi Namanganda zamonaviy farmatsevtika korxonasi ish boshladi

10:54 06 Yanvar 2026 Jamiyat
184 0

Yaqinda qurib bitkazilgan, tibbiyot dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Nano Pharmaceutical” korxonasining birinchi bosqichi Yangi yilning dastlabki kunlaridan ishga tushirildi. Tuman iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu loyihaning umumiy qiymati 20 million dollarga teng boʻlib, hozirga qadar 10 million dollardan ziyod xorijiy investitsiya oʻzlashtirildi.

— Xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy korxonamizda yiliga 40 turdagi 63 million dona, qiymati 12 million dollarlik tayyor dori vositalari ishlab chiqarish rejalashtirilgan, — deydi korxona direktori Ahadxon Muhammadov. — Shundan 6 million dollarga teng qismi tashqi bozorga eksport qilinadi.

“Nano Pharmaceutical” korxonasi foydalanishga topshirilishi natijasida Yangi Namangan tumani mehnat bozoriga 300 nafardan ziyod doimiy ish oʻrinlari taqdim etildi. Bu esa aholi bandligini taʼminlash, mahalliy sanoatni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?