Yangi xizmat mashinalari topshirildi
Otabek ISROILOV/“Xalq soʻzi”. Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bogʻida oʻtkazilgan tadbirda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari hamda Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda faollik koʻrsatgan 15 nafar xodim pul mukofoti va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Qayd etish lozim, Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda va bu borda namuna koʻrsatayotgan xodimlar munosib ragʻbatlantirilishi lozim, albatta.
— Qonuniylikni mustahkamlash, hududlarda kriminogen vaziyatning barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish xizmat faoliyatimizdagi birlamchi burchimizdir, — deydi Qoʻriqlash boshqarmasi Boʻstonliq tumani qoʻriqlash boʻlimi xodimi, kichik serjant Eldor Sulaymonov. — Ayniqsa, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va ularning sodir boʻlishiga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish, huquqbuzarlikning yangi turlariga qarshi taʼsirchan yoʻnalishlarni belgilash hamda samaradorlikni oshirish bugungi davr talabidir.

Tadbir davomida “Cobalt” rusumli 20 ta xizmat avtomobili patrul-post xizmati boʻlinmalariga tantanali topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring