Yangi yil quvonchi
Foto: Xalq so‘zi
Yangi yil bayramini hammadan koʻproq bolajonlar orziqib kutishadi. Bayram munosabati bilan ulashiladigan Yangi yil sovgʻalari ularga bir olam zavq-shavq bagʻishlaydi.
Kutilganidek, Termiz shahridagi “Iceberg” koʻngilochar maskanida oʻtkazilgan “Prezident archasi” tadbiri shukuhli va esda qolarli voqealarga boy boʻldi. Unda oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan oʻgʻil-qizlar hamda Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yoʻlida qurbon boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimov bolajonlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan qutlab, ularga “Prezident sovgʻasi”ni topshirdi.
Shundan soʻng Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan badiiy dastur namoyishi ishtirokchilariga yanada xushkayfiyat ulashdi.
Maʼlumot oʻrnida, Surxondaryo viloyatidagi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, Vatan sarhadlarini himoyalash yoʻlida jon fido qilgan oʻgʻlonlarimiz hamda boquvchisini yoʻqotgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan jami 655 nafar bolajonga viloyat hokimligi, tuman hokimliklari, xalq taʼlimi boshqarmasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Prezident sovgʻasi” topshirildi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring